Sayyor qabul – xalq bilan faol va ochiq muloqot

Xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish bugun har bir darajadagi rahbarning eng asosiy vazifasi hisoblanadi.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri shahar aholisining mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkazdi. Qabulda 40 nafardan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.

Asosiy e’tibor aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyida ijobiy hal etishga qaratilib, muddat talab etadigan masalalar  mas’ullarga biriktirildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM