Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi? 

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi. 

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan. 

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa: 

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi; 
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha); 
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti. 

Bungacha bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi. 

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Samaqand viloyati soliq boshqarmasi
Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM