1- sektordagi mahallalar yettiligi faoliyati o‘rganildi 

Shahar hokimi Gavhar Alimova 1-sektor hududidagi “Damariq” hamda “Navbahor” mahallalari yettiligi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Ularning har birini ish rejalari, vazifalar taqsimotidan kelib chiqib, amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi. 

Bir kunlik, haftalik rejalar asosida olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni eshitish asnosida mahalla yettiligining hududda aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish mahalla fuqarolarini hayotdan rozi bo‘lib yashashlari yo‘lida hamkorlikdagi faoliyatlarini samarali tashkil qilish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM