Quturish kasalligini oldini olishda hamkor tashkilotlar harakati

Samarqand viloyat hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024 yil 27 yanvardagi “Samarqand viloyati aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023 yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2024 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi buyrug’iga asosan,  joriy yilning 5 fevral kuni shahrimizda “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko’rgazmali maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Mazkur o’quv mashg’ulotida quturish kasalligini oldini olish, uy hayvonlarini saqlash va emlash, Itdan jarohatlanganda 1-yordam ko`rsatish va quturishga qarshi emlash, FVDkT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlari ko’rsatib o’tildi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM