MAS’ULLARGA TOPShIRIQLAR BERILDI

Bugun viloyat hokimining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari hamda shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlari 1 sektordan ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar, o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til fani o‘qituvchilarining milliy hamda xalqaro sertifikatga ega ekanligi to‘g‘risida, oqava tizimidagi muammolar, 2024 yilda harbiy-ma’muriy sektor faoliyatini tashkillashtirish va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha shahar mutasaddilarning axborotlari eshitildi. 

Aytib o‘tilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM