Kattaqoʻrgʻonlik yoshlar harbiy qism mehmoni bo‘ldi

Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qismda “Armiya bilan xalq — bir tanu bir jon” shiori ostida Kattaqoʻrgʻon shahar umumtaʼlim maktablaridan kelgan oʻquvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Yoshlar harbiy qismda tashkil etilgan tarix muzeyi, zamonaviy oʻquv xonalari, oshxona, yotoqxona, sport zal hamda “Vatanga qasamyod” monumenti va “Qahramonlar nomi barhayot” burchagi bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar uchun qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda harbiy orkestr jamoasining musiqali chiqishlari ham namoyish etildi. Harbiy psixologlar tomonidan tashkil etilgan timbilding oʻyinlari yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Bugun oʻquvchi yoshlar orasida baʼzilari harbiy boʻlishga orzumandligi bois harbiy qismga oshiqib kelgan boʻlsa, ularning aksariyatida aynan shu yerda yurt himoyachisi boʻlishga ishtiyoq uygʻongan boʻlsa ajabmas.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM