Sayyor qabul o‘tkazildi 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar “Bahoriston” mahallasida shahar prokurori, 2-sektor rahbarining sayyor qabuli  bo‘lib o'tdi. Mazkur sayyor qabulda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida ushbu mahalla fuqarolarning 10 dan ortiq murojaatlari o’rganildi. Mazkur murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi hamda qolganlari nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM