TAQDIRLASH

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat futbol federatsiyasining yil yakunlari va 2024-yilning ustuvor vazifalariga bag'ishlangan yig'ilishi hamda yil davomida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan, musobaqalarda g'olib bo'lgan futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida mutloq chempion bo'lib, fahrli 1-o'rinni egallagan Kattaqo'rg'on shahar sport maktabining 2008-2009 yillarda tug'ilgan sportchi o'quvchilari Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi va Samarqand futbol assotsiatsiya tomonidan taqdirlandi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.    

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM