SHAHAR HOKIMI QABULI O‘TKAZILDI

Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning qabuli o‘tkazildi. Unda 10 dan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.  

Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning soliq va kommunal to‘lovlar, ayollar daftariga kiritish, tibbiy yordam ko‘rsatish, oilaviy masalalar, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi. 

2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlarni yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi. 

Murojaatlari hal bo‘lgan Oq-oltin mahallasidan kelgan fuqarolar shahar hokimiga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM