QIZAMIQ

Qizamiq – o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, tana haroratining ko’tarilishi, yuqori nafas yo’llari, ko’z shilliq pardalari, og’iz bo’shlig’ining yallig’lanishi va terida qizil, yirik dog’li toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi virus hisoblanishini alohida ta’kidlash joiz. Bemor yo’talganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari orqali havoga tushadi, keyin nafas yo’llari orqali sog’lom bolaning organizmiga o’tishi bilan xavotirli.

Qizamiqqa odatda hamma kishilar beriluvchan bo’lishini unutmaslik lozim.  Kasallik 4-bosqichda kechib, yashirin davri esa 7-21 kundir. Unutmaslik kerakki kasallik belgilari deyarli sezilmaydi. Prodromol davr inkubasion davrdan keyin 3-4 kun davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanib, temperatura ko’tariladi, bemor quruq yo’taladi, tumov bo’ladi, ko’zi qizarib, yoshlanadi, tovushi bo’g’ilib qoladi, yorug’likka qaray olmaydi.

Bu davrda lunj shilliq qavatida toshma toshishdan 2-3 kun oldin qizil mayda oq dog’lar paydo bo’ladi. Toshma toshgandan keyin 1-2 kunda yo’qolib ketadi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida Enantema mayda qizil dog’lar paydo bo’ladi. Tabiiyki bolaning darmoni qurib, injiq bo’lib qoladi, uyqusi, ishtahasi yo’qoladi, tez-tez ichi ketadi.

Qizamiq 2 yoshgacha bo’lgan, shuningdek, boshqa yoshdagi nimjon bolalar uchun ayniqsa xavfli. Shu sababdan ularni qizamiqdan juda ehtiyot  qilish kerak. Qizamiqni ilk belgilari kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish va shifokor tavsiyasi boʻyicha daʼvo muolajalarini olish zarur.

Kasallik asoratlari- yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir shamollashi – laringit, oʻpka toʻqimasining shamollashi – zotiljam, oʻrta quloqning shamollashi, bosh miya qobiqlarining shamollashi – meningit, bosh miya toʻqimasining shamollashi - ensefalit va boshqalar kasalliklarni kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Aziz ota-onalar! Farzandlaringizni mazkur kasallikka qarshi oʻz vaqtida emlatsangiz kasallikdan himoya qilgan boʻlasiz.

Farzandlarimizning salomatligi o’z qo’limizda ekan, e’tiborli bo’lishni unutmaylik!

Каttaqo`rg`on shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo`limi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM