MAHALLA YETTILIGINING HAMKORLIKDA ISHLASH MEXANIZMI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari S.Islomov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi Q.Odinaev boshchiligidagi ishchi guruh shahrimizda bo‘lib, mahallalarda o‘rganish olib borishdi.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri binosida Respublika ishchi guruhi, shahar hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ushbu o‘rganishlar natijalari bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, seminar davomida so‘z olganlar mahallalar yettiliklarining vazifalariga alohida to‘xtalib, mahalla obodligi, xalq farovonligi yo‘lida birdam bo‘lib, hamkorlikda ish yuritishlari hamda bu boradagi qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar xususida so‘z yuritdilar.

Shundan so‘ng bir nafar mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati misolida ularning bir kunlik ish tartibi bo‘yicha ma’lumotlari eshitildi.

Seminarda mahalla yettiligining o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmi hamda ushbu mexanizmni amalga oshirish bo‘yicha shahar sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro kelishilib, vazifalar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM