Abdulla Raxmanov yangi lavozimda ish boshladi

Kattaqo’rg’on shahar teatri binosida bo'lib o'tgan yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.

Unga ko'ra, Raxmanov Abdulla Tajimuratovich O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Kattaqo’rg’on shahar bo‘limi rahbari vazifasiga tayinlandi.

A.Raxmanov tayinlovga qadar Kattaqo’rg’on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining Kambag‘allikni qisqartirish va mahallani qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Abdulla Raxmanovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM