Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Targ‘ibot tadbirlari Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida davom etmoqda. 1 sektor hududidagi “Yer machit” mahallasi fuqarolari ishtirokida 18 maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda ham professor o‘qituvchilar, teatr va madaniyat xodimlari, yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar  mamlakatimiz yangi taraqqiyot davriga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, farzandlarimiz ongida Vatanga muhabbat, yurtimiz kelajagiga daxldorlik, tinch, erkin va farovon hayotning qadriga yetish tuyg‘usini kuchaytirishning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladilar va bu borada olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Shunday tadbirlar  2 sektordagi “Qoriravot” mahallasi fuqarolari uchun 13 umumta’lim maktab binosida, 3 sektorda “Nurobod” mahallasi fuqarolari uchun 15 umumta’lim maktabida hamda 4 sektordagi “Haydarchaman” mahallasi fuqarolari ishtirokida 6 umumta’lim maktabida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM