Munosabat 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hokimiyat bosimidan charchagan ayol o‘z joniga qasd qildi” nomli video murojaat tarqaldi.
Mazkur  video murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarovaning ma’lum qilishicha, video tasvirdagi fuqaro A.Sh. Kattaqo‘rg‘on shahar “Navbahor” mahallasida shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mehr uyi”da  3 yildan buyon yashab kelmoqda.  Joriy yilning 18 yanvar kuni fuqaro sog‘ligi yomonlashganligi sababli shahar Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga murojaat qilganda tezkorlik birinchi yordam ko’rsatilib, tekshiruv natijasiga ko’ra doridan zaxarlanish aniqlanmagan va unga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, umumiy ahvoli yaxshilangach uyiga javob berilgan. 
Hozirda ushbu holat shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish olib borilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM