Mahalla aholisi murojaatlari o‘rganildi 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar Noqis nomli mahallada yashovchi fuqarolar uchun viloyat prokuraturasining sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Qabul davomida viloyat prokurori o’rinbosari D.Oʻsarov, shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodieva hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida aholining huquqiy va boshqa mazmundagi murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabulda aholi vakillari tomonidan 25 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida hal etilib, qolganlarining ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM