Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi apparat xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunning 53-moddasida davlat fuqarolik xizmachisini ijtimoiy jixatdan himoya qilish choralari sifatida ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan. 

Bugun shu maqsadda shahar hokimligi xodimlari uchun shahar 2-sonli Oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. 
Tadbir davomida xodimlar kardiolog, terapevt, stomatolog, Lor, okulist va boshqa bir qator malakali shifokorlar  ko‘rigidan o‘tdilar. Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra xodimlarga tibbiy tavsiyalar berildi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM