EZGU AMALLARIMIZ  KO‘NGILLARNI ShOD QILMOQDA

Xalqimizda bayramlar oldi bir-biridan hol so‘rash, bemorlarni yo‘qlash, ehson qilishdek ezgu qadriyatlar bor. Bu kabi ezgu amallar albatta, insonlarni bir-biriga yanada mehr-oqibatli  bo‘lishga undaydi.

Yangi yil munosabati bilan shahar hokimligi hamda saxovatpesha insonlar tomonidan hamshaharlarimiz holidan xabar olinib ularga bayram sovg‘alari ulashilmoqda. Bayram oldi shahar oila va xotin-qizlar bo‘limidan bayram sovg‘alarini olgan xotin-qizlar  ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun  o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM