“VATANPARVAR” MAHALLASIDA SPORT MAYDONCHASI OCHILDI

Joriy yilda "5 muhim tashabbus" olimpiadasi doirasida tashkil etilgan sportning “Engil atletika” turi bo‘yicha shahrimizning Amir Temur nomli mahalla yoshlar yetakchisi D.Shukrullaev tomonidan izlab topilgan iste’dodli yoshlar musobaqaning “A” ligasi Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi “Vatanparvar” mahallasida "Universal" sport maydonchasi qurib berildi.

Ushbu maydonchaning ochilish tadbirida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova mana shunday qulayliklarga ega bo‘lgan maydonchaning foydalanishga topshirilgani yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlariga berilayotgan e’tibor natijasi ekanligini ta’kidladi.
Haqiqatdan ham bugun mahallada ochilgan sport maydonchasi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun ulkan imkoniyat bo‘ladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM