QALBLARGA SHODLIK ULASHIB

Yangi yilni bolajonlar o‘zgacha shodlik bilan kutadilar. Ayniqsa, Yangi yil sovg‘alari ularning qalblariga quvonch baxsh etadi. Kuni kecha shahrimizdagi  “Doniyorbek” tadbirlar maskanida “Prezident archasi” bayram tadbirini ham bolajonlar ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov hamda shahar hokimi Gavhar Alimova bolajonlarni bayram bilan muborakbod etdilar va ular doimo davlatiimiz e’tiborida ekanligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng tadbirga  Kattaqo‘rg‘on shahri hamda  Paxtachi, Narpay, Qo‘shrabot,  Nurobod, Payariq, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridan tashrif buyurgan bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi.
Tadbir shahar Madaniyat bo‘limi hamda Drama teatr san’atkorlari ishtirokidagi qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM