SHAHAR OBODLIGI YO‘LIDA

Kattaqo‘rg‘on shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda mahallalarning o‘rni alohida bo‘lmoqda. Kuni kecha shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda  “Obod servis” MChJ tomonidan shahrimizni obodonchiligi yo‘lida olib borilayotgan ishlarda faollik ko‘rsatgan mahalla raislarining mehnatlari e’tirof etildi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova  Kattaqo‘rg‘on shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik, xonadonlar mahallalardagi obodlik ishlari haqida so‘z yuritdi va ushbu xayrli ishlarda mahalla vakillari munosib hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.
Tadbirda ana shunday faol va  fidoyi mahalla raislariga shahar hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM