Shahar kengashining sessiyasi o‘tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 85 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada 9 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, Kattaqo‘rg‘on shahrida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi to‘g‘risida shahar hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shaxlo Kuchkarovaning hisoboti eshitildi.

Kattaqo‘rg‘on shahrining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida shahar moliya va iqtisodiyot bo‘limi mudiri Fazliddin Sadriddinov hisobot berdi.

Shundan so‘ng “Aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida Samarqand suv ta’minoti MChJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘lim boshlig‘i Akmal Mamedovning hisoboti deputatlar e’tiboriga havola etildi. 

Shuningdek, sessiyada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahrining 2023 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari shahar Kengashining VI-71-208-7-106-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2023 yil 27 apreldagi VI-76-43-7-106-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2023-yil 7-dekabrdagi VI-84-115-7-106-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi hamda shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorlar ham depututlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM