Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Ixtisoslashtirilgan maktabda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov tomonidan mazkur maktab yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. 

Mazkur targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchi yoshlarga ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda aqidaparastlik va ekstremizmning jamiyat hayotidagi buzg‘unchi ta’siri, ularning salbiy oqibatlari yuzasidan maxsus videofilm namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy dunyodagi turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM