Mahalla aholisi murojaatlari o‘rganildi 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar “Kunjupay” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun viloyat prokuraturasining sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Qabul davomida viloyat prokurori o’rinbosari S.Fayziev, shahar prokurori I.Nuriddinov va mas’ul rahbarlar ishtirokida aholining huquqiy mazmundagi murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabulda aholi vakillari tomonidan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida hal etilib, qolganlarining ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM