Bayram tadbiri o'tkazildi

Yangi yil bayrami munosabati  bugun shahrimizdagi 10 son ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasida bayram tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda bolajonlarga Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Nogironlar” jamiyati tomonidan bayram tabrigi va xomiylik sovg‘alar taqdim etildi. Bayram tadbiri davomida bolajonlar tomonidan kuy-qo'shiq, raqslar hamda muassasa hodimlari tomonidan tayyorlangan dastur namoyish etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM