Sayyor qabul o‘tkazildi 

Bugun Samarqand viloyat prokuraturasining navbatdagi sayyor qabuli Kattaqo'rg'on shahar Alisher Navoiy nomli mahallada o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda viloyat prokurori o’rinbosari S.Fayziev, shahar prokurori I.Nuriddinov va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida aholi vakillari tomonidan huquqiy mazmundagi 32 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 18 tasi joyida hal etildi hamda qolganlari nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM