Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhim

Kattaqo'rg'on shahar FVB xodimlari tomonidan "Dehqon" MCHJ hamda "Samkat Oazis Durdonasi" MCHJ bozorlari hududida bozor ma'muriyati va ishchi xizmatchilari bilan yo'riqnoma o'tkazildi. Bozor hududida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar faoliyatini o'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, tegishli ko’rsatmalar berildi.

Kelgusida bunday kamchiliklarga yo'l qo'ymasliklari uchun tadbirkorlarga  "Yong'in xavfsizligi"ga rioya qilish, hamda "Ovqatdan ommaviy zaharlanish"ni oldini olish bo'yicha tushuncha va ko'nikmalar berilib, eslatmalar tarqatildi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM