Kattaqo‘rg‘onlik yosh matematik “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining bu yilgi mavsumi onlayn bosqichida qariyb 120 ming o‘zbekistonlik ishtirok etdi.

Kecha onlayn bosqichda eng yuqori o‘rinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi o‘rtasida olimpiadaning ikkinchi bosqichi — final o‘tkazildi. 

Finalda Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi, o‘ndan ziyod xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori va qator nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lgan Jahongir To‘rayev eng yuqori ballni to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 99 nafar final ishtirokchisining barchasiga 1 million so‘mdan mukofot berildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM