Tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Kattaqo‘rg‘on shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shahar prokuraturasi va shahar IIBning 2023 yil 21 noyabrdagi qo‘shma farmoyishiga asosan Kattaqo‘rg‘on shahar "G‘arb machit" MFY hududida tozalash tadbiri o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir davomida mahalla hududida yashovchi shahar IIBda profilaktik hisobdagi hamda muqaddam sudlangan, giyohvand, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va tibbiyot birlashmasida "D" hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilib, aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM