SHAHAR KENGASHI SESSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 84 sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, idora va tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada 8 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8- avgustdagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1402 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yilda sektor hududidagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayorlash va betalofat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisobot eshitildi.

Shuningdek, sessiyada Kattaqo‘rg‘on shahridagi ayrim nomsiz ko‘chalar, tor va berk ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi, shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qildilar.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM