Sport hamma uchun

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni sport bilan shug‘ullanishi, xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi doimiy e’tiborda.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni 27-moddasida shunday insonlarning sport bilan shug‘ullanishiga oid huquqiga alohida e’tibor qaratilib, ularning sport majmualari va inshootlaridan erkin foydalanishini ta’minlashi zarurligi belgilab qo‘yilgan.

“Sport hamma uchun” loyihasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni parasport bilan qamrab olish va jamiyatga integratsiya qilish maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi I.G‘ulomov tomonidan shaxmat bo‘yicha to‘garak a’zolari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan bir nechta parasport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar davom etadi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM