Maktabning yangi binosi-bayramga munosib tuhfa 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami arafasida shahrimizdagi 20 umumiy oʻrta taʼlim maktabining yangi qurilgan oʻquv binosining ochilish tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, maktab jamoasi, oʻquvchi yoshlar va ota-onalar ishtirok etishdi.

Dastlab davlat madhiyasi bilan boshlangan ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova soʻzga chiqib, ishtirokchilarni yangi barpo etilgan bino bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng yangi binoning ochilish marosimi oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻquv binosida oʻquvchi yoshlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.   

Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 20 umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2006 yilda tashkil etilgan boʻlib, shu kungacha ushbu maktabda 360 oʻrinli oʻquv binosida 580 nafar oʻquvchi taʼlim olib kelmoqda edi.

Investitsiya dasturi doirasida mazkur maktabda 3 mlrd 900 mln soʻmga qoʻshimcha 360 oʻrinli yangi oʻquv binosi qurilib, natijada maktab 720 oʻringa yetkazildi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM