Yoshlar  yetakchilarining hisobotlari eshitildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotini eshitish belgilangan.
Shu munosabat bilan Kattaqo'rg'on shahridagi mahalla yoshlar yetakchilaridan 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Eslatib o‘tamiz, hisobot olish shahardagi 36 ta mahalla yoshlar yetakchilaridan joriy yilning 1-dekabr sanasidan 4-dekabr sanasigacha o‘tkaziladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM