Doim e’tibordasiz!

Xalqimizda imkoniyati cheklangan va davlat g‘amxurligiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, turli bayramlar va tadbirlarda bu kabi qadriyatlarimiz o‘zini yanada yuksak namoyon qiladi.

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan shahrimizdagi 5-yordamchi maxsus internat maktabida o‘tkazilgan tadbirda ham bolajonlarga  ana shunday mehr  ko‘rsatildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Shahlo Kuchkarova, shahar Halq qabulxonasi mudiri Hamrotosh Shodieva hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab, tadbir qatnashchilari muassasadagi to‘garaklar faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarning qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdilar.

Bolajonlar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shundan so‘ng homiy tadbirkor tomonidan muassasa tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yurtimizda imkoniyati cheklangan har bir inson e’tiborda ekanligidan dalolat berishini ta’kidladilar.

Haqiqatdan ham xalqimizga xos bo‘lgan bu kabi azaliy qadriyatlarimiz yanada bardavom bo‘lsin!

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM