Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi oʻtkazildi

Bugun SamDU Kattaqo'rg'on filialida Kattaqo’rg’on shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan talabalar hamda harbiy xizmatchilarning oilalarini ishga joylashtirish va kasbga oqitish, qayta tayyorlash maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada 25 ta tashkilotlar 90 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 120 nafar fuqarolar jalb qilinib, 10 nafari o‘zlariga maqbul bo‘lgan kasblar bo‘yicha korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari 26 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan kasb-hunar boʻyicha Kattaqo‘rg‘on shahar Ishga marhamat Monomarkaziga o'qishga jalb qilindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM