Jaholatga qarshi ma’rifat

Inson hayotini ilmu ma’rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’rifat –insonning hayot yo‘lini yorituvchi nur. Shu boisdan yurtimizda ma’rifatli jamiyat barpo etish masalalari dolzarb hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni tashkil qilishda aholi o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari ahamiyatli bo‘lmoqda.

Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi B.Qodirovlar ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi tadbir Milliy gvardiya xodimlari bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida ma’naviyat, ma’rifat hamda uning inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida, turli illatlarga qarshi kurashishdagi roli haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM