Harbiy qismda ochiq eshiklar kuni  

Kattaqo'rg'on garnizonidagi harbiy qismda shahrimiz va qo’shni tumanlardan kelgan o'quvchi- yoshlar uchun "Biz bir bo'lsak - yagona xalqimiz, birlashsak vatanmiz" shiori ostida yosh avlodning qalbida Vatan tuyg'usini yanada kuchaytirish, ularda vatanparvarlik hissini yuksaltirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan yoshlarda harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar ko'zgazmalari, faxriy qorovulning qo'l jangi chiqishlari katta taasurot qoldirdi. 

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM