9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Shu munosabat bilan  yurtimizda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tadbirlar  o‘tkazilmoqda. Jumladan, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida  shahar prokuraturasi, Ichki ishlar vakillari va deputatlar ishtirokida talabalar bilan tadbir o‘tkazildi.
Unda so‘z olganlar  yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va xususiyatlari,  sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, tadbirda mamlakat rivojiga to‘siq bo‘ladigan ushbu illatga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muxofaza qiluvchi organlarning balki, keng jamoatchilikning hamkorlikdagi faoliyati muhim ekanligi,  aholining, shu jumladan yoshlarning huquqiy ongi, bilimi va madaniyatini yanada yuksaltirish lozimligi ta’kidlandi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Oylik doirasidagi tadbirlar davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM