Kattaqo'rg'on shahrida "Hokimlar bog‘i" yaratildi

Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan bo‘lib o‘tgan seminar ishtirokchilari Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining yangi qurilgan o‘quv binosida ham bo‘ldilar. 

Universitet yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar va kelgusida bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish borasida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan vazifalarni belgilab oldilar.

Shu yerda  tuman va shahar hokimlari boshchiligida “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekilib, “Hokimlar bog‘i” yaratildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM