Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchilar diqqatiga!

Hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha sanitar xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov narxlari oshirilganligini maʻlum qilamiz.

Tariflar quyidagi summani tashkil qiladi:

- Kattaqoʻrgʻon shahri va tumanlar aholisi uchun bir kishiga bir oyda 4 ming 129 soʻm;

- yuridik tashkilotlar maishiy chiqindilari uchun 1 metr/kubiga 59 ming 693 soʻm, 1 tonnasiga 155 ming 824 soʻm, suyuq chiqindilar uchun 70 ming 600 soʻm etib belgilandi.

Azizlar, toʻlovlarni sizga qulay boʻlgan usulda bank shaxobchalari, xizmat koʻrsatuvchi korxona nazoratchilariga yoki boshqa toʻlov tizimlari (PAYNET, CLICK, PAYME va boshqalar) orqali amalga oshiringiz mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, biz yashayotgan mahalla obodligi uchun nafaqat mahalla raislari, balki barcha aholi birdek masʼuldir. Aholining umumiy saʼy-harakatlari va hamkorligi gullab-yashnagan va uygʻun jamiyatni yaratishga katta hissa qoʻshishi mumkin.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM