Shahar FVB Botulizm kasalligidan ogohlantiradi!

Zaharli bo‘lgan yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar saqlovchi oziq - ovqat mahsulotlari iste’mol qilinishi natijasida organizmda  yuzaga keluvchi kasallik holati ovqatdan zaharlanish deyiladi. Bu kasallik - odamlarni ommaviy, guruhli va alohida jabrlanishlari ko‘rinishida yuzaga keladi. Ovqatdan zaharlanishlar kutilmaganda yuzaga kelishi va qisqa davomiyligi bilan xarakterlanadi.

Natijada uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlashda yetarli issiqlik va bosim hosil qilishning iloji yo‘qligi sababli, ovqatdan zaharlanishning og‘ir shakli bo‘lgan-botulizm kasalligining kelib chiqish ehtimoli oshadi. Ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini har xil marosimlarda ko‘pchilik tomonidan iste’mol qilinishi odamlarning ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

 Kattaqo'rg'on shahar FVB Tezkor bo'linmasi boshlig'i katta leytenant S.Samatov

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM