“Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz"

Respublikamiz singari shahrimizda ham ushbu shior ostidagi “Ma’naviyat marafoni”  doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob aksiyalari, tanlovlar va uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shu jumladan, shahrimizdagi 11-IDUMda o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlikka yo‘naltirilgan 7-"A" sinf o‘quvchilarining harbiy qasamyodi tadbiri ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ishtirok etdi. 

O‘quvchilarning harbiy qasamyod qabul qilishlari jarayonida ulkan faxr va iftixorni  his qilganliklari ularning ko‘zlarida aks etganini ko‘rish mumkin.
Albatta, mard va jasur, yuksak ma’naviyatli, yuragida vatanparvarlik jo‘sh urgan o‘g‘il va qizlar kelgusida yurtimizning yanada taraqqiy etishida o‘zlarinig munosib hissalarini qo‘shadilar.


Kattaqo‘g‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM