Qabristonlarda hashar

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun ushbu ishlar doirasida  shahrimizdagi qabristonlarda ham hashar o‘tkazildi.
Jumladan, Damshtmozor, Sarmozor va boshqa qabristonlarda olib borilgan tozalash ishlarida mahalla faollari, fuqarolar faol ishtirok etdilar.

Albatta,  xalqimizda bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM