Viloyat prokurori Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldi

Samarqand viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on  hamda Nurobod tumani mas’ullari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda aholi va tashkilotlardagi  muddati o‘tgan qarzdorliklar va ularni undirish masalsi muhokama qilindi. Ushbu masala bo‘yicha hududlardagi mavjud holat va uni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli aniq vazifalar berildi.

Shuningdek,  viloyat prokurori shahrimizdagi “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan 16 umumta’lim maktabiga ham tashrif buyurdi va  maktab hududida "Yashil makon" loyihasi doirasidagi daraxt ko‘chatlari ekishda ishtirok etdi.
Viloyat prokurori shu kuni Kattaqo'rg'on shahar 2 sektor masullari bilan ham uchrashdi va tegishli topshiriqlarni berdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                                                     

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM