Shu kunlarda badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi” uchun sport musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
Musobaqaning viloyat bosqichida 16 ta tuman-shahardan kelgan 200 nafardan ortiq qizlar g‘oliblik uchun bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Kattaqo'rg'on shahar 14-IDUM ning Badiiy gimnastikachi qizlar jamoasi faxrli I-o'rinni hamda shaxsiy dastur bo‘yicha o‘tkazilgan chiqishlarda ushbu maktabning 1-''V'' sinf o'quvchisi Inomova Mavludaxon faxrli III-o'rinni egallashdi.
Musobaqa g'oliblari Samarqand viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.