ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING XIZMATLARI EʼTIROF ETILDI

Keyingi yillarda ichki ishlar tizimida ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, soha xodimlarining mamlakatimizda jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi fidokorona mehnatlari tahsinga sazovor.

Bugun shahar hokimligida 25 oktyabr- “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda sohaning fidoyi xodimlarini bu boradagi xizmatlari yuksak eʼtirof etildi.

Dastlab, soʻz olgan shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Muhammadali Toshpoʻlatov Ichki ishlar organlari xodimlarini bayram bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbirda soʻz olganlar, Kattaqoʻrgʻon shahar Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining ham oʻz vazifalarini fidoyilik bilan ado etayotganliklari, mahallalarda tinchlik va osoyishtalik, aholi xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishdagi samarali faoliyatlarini alohida taʼkidladilar.

Tadbirda oʻz xizmat vazifalarini sitqidildan ado etib kelayotgan 4 nafar soha xodimlariga navbatdagi unvonlar tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, oʻzining fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan samarali faoliyat yuritgan bir guruh ichki ishlar xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Yana bir bor Ichki ishlar xodimlarining kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM