Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Kattaqo’rg’on shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kasbga oqitish, qayta tayyorlash maqsadida shahar kichik sanoat zonasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
    
Ushbu tadbir davomida taklif qilingan fuqarolar kasbga va ishga yo’naltirilib, Kattaqorgon shahar kichik sanoat zonasida joylashgan “MEGA MEBEL TRADE” MCHJ ishlab chiqarish korxonasi tomonidan yaratilgan ish orinlari hamda shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM