QABRISTONLAR TOZALANDI 

Shu kunlarda shahrimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida bugun qabristonlarda tozalash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Azizxo‘ja hamda Sarmazor qabristonlarida olib borilgan xayrli tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov, bosh imom xatib Anvar Nazarov, imom xatiblar Xayrullo Do‘smurodov, Saydullo Ro‘ziev, din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bo‘yicha bosh mutaxassisi Boxodir Qodirov,Nuroniy jamoatchilik kengashi rasi Anvar Masharipov va mahalla raislari faollik ko‘rsatdilar.

Tadbir davomida 150 ta terak va archa ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bu boradagi tadbirlar davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM