QADRING BALAND BO‘LSIN, EY ONA TILIM!

21 oktyabr-O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar Kattaqo‘rg‘on shahrida  ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. 
Bugun shahardagi 2-IDUM da 8-sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham esda qolarli bo‘ldi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan millatimiz faxri va g‘ururi bo‘lgan tilimizni madh etuvchi she’rlar, maktab qizlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va ajoyib raqslar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bugun hayotimizda so‘zlashuv jarayonida uchraydigan ayrim illatlarni o‘zida aks ettirgan sahna ko‘rinishi ham o‘quvchilar tomonidan mohirlik bilan ijro etildi.
Tadbirda so‘z olgan maktab direktori Zamira Isanova tilimizning  qadr-qimmati, uning    millat, yurt rivoji yo‘lidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi va bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib turish lozimligini ta’kidladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM