SEMINAR O‘TKAZILDI

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini o‘z vaqtida va yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha shahar mas’ullari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan Respublika ishchi guruhi vakili Zulfiqor Karimov “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi va masullarga ushbi ishlarni yuqori saviyada tashkil qilish bo’yicha zaruriy tavsiyalarni berdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxt ekish, yashil hududlarni ko'paytirish katta harakatga aylanmoqda. Bu mavsumda Kattaqo'rg'on shahrida ham 56 ming tup ko'chat o'tqazish mo'ljallangan. Shahar hokimi o‘rinbosari J.Axmedov bu borada Kattaqo‘rg‘on shahrida belgilangan vazifalar va ularni bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar haqida gapirdi. 

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari shahar hokimligi hovlisiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM