SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 81 sessiyasi o‘tkazildi. Unda 8 ta masala muhokama qilindi.

Kun tartibidagi ikkita masala ya’ni,  2023 yil 3-chorak yakuni bilan Xalq qabulxonasi, sektorlar va tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati to‘g‘risidagi hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha MFYlardagi hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodievaning axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng Samarqand suv ta’minoti MChJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘lim boshlig‘i A.Mamedov “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini o‘rganish va natijalarini muhokama qilish to‘g‘risida hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada 2023 yilda 2-yarim yillikda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” da shakllangan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish to‘g‘risida, shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahar hududida hokimlik va davlat tashkilotlarining “O‘z bog‘i”ni tashkil etish hamda  Kattaqo‘rg‘on shahri hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar deputatlar e’tiboriga havola etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM